Kontent qismiga oʻtish

Abdul El-Sayed

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdul El-Sayed
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Abdulrahman Mohamed El-Sayed

1984-yil 31-oktyabr (1984-10-31) (42 yosh)
Rochester Hills, Michigan, AQSH
Bolalari 2
Taʼlim
Vebsayti Saylov kampaniyasi veb sayti

Abdulrahman Mohamed El-Sayed (1984-yil 31-oktabrda tugʻilgan) — amerikalik epidemiolog, jamoat salomatligi sohasi mutaxassisi, akademik va siyosatchi.Michigan shtatidan AQSh Senatiga saylangan senator hisoblanadi[1].

El-Sayed Michigan shtatining janubi-sharqiy qismida tugʻilib, voyaga yetgan. Michigan universitetini tamomlagan va Oksford universitetida Rhodes stipendiyasi asosida tahsil olib, jamoat salomatligi boʻyicha doktorlik darajasini olgan. Shundan soʻng Kolumbiya universitetida tibbiyot boʻyicha ilmiy daraja olgan va Kolumbiya universitetining Mailman jamoat salomatligi maktabida epidemiologiya boʻyicha dotsent yordamchisi lavozimida ishlagan. 2015–2017-yillarda Detroyt sogʻliqni saqlash departamentining ijrochi direktori boʻlgan. 2023–2025-yillarda esa Wayne okrugi Sogʻliqni saqlash, inson va faxriylar xizmatlari departamentiga rahbarlik qilgan.

Siyosiy qarashlariga koʻra AQSh Demokratik partiyasining progressiv qanotiga mansub boʻlgan El-Sayed 2026-yilda Michigan shtatidan AQSh Senatiga Demokratik partiyadan nomzod tanlash uchun oʻtkazilgan praymerizda AQSh vakili Haley Stevensni magʻlub etgan[2]. Umumiy saylovda Respublikachilar partiyasidan nomzod Mike Rogers ustidan gʻalaba qozondi[3]. Qasamyod qabul qilganidan soʻng El-Sayed AQSh Senatining birinchi musulmon aʼzosiga aylandi[4].

  1. ↑ „Michigan U.S. Senate Election Live Results 2026“ (en). AP News (2026-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2026-yil 4-noyabr.
  2. ↑ „Progressive Abdul El-Sayed wins Michigan's Democratic primary for Senate“ (en). NPR. Qaraldi: 2026-yil 4-noyabr.
  3. ↑ „Democrat Abdul El-Sayed wins Michigan’s high-stakes Senate race“ (en). NBC News (2026-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2026-yil 4-noyabr.
  4. ↑ Gedeon, Joseph. „Progressive Abdul El-Sayed wins Michigan Senate race to become first Muslim US senator“ (en-GB). The Guardian (2026-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2026-yil 4-noyabr.