Kontent qismiga oʻtish

Argon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Argon(Ar)
Atom raqami18
KoʻrinishiArgon undan elektr toki oʻtganda shuʻlalanadi
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
39.948 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi2- pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
1519.6(15.75) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi[Ne] 3s2 3p6
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi98 pm
Ion radiusin/a pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
0.0
Elektrod potensiali0
Oksidlanish darajasin/a
Termodinamik xossalari
Zichlik(-186 °C da)1.40 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi0.138 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik0.0177 Vt/(m·K)
Erish harorati83.8 K
Erish issiqligin/a kJ/mol
Qaynash harorati87.3 K
Qaynash issiqligi6.52 kJ/mol
Molyar hajm24.2 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishikubik markazlashgan
Panjara davri5.260 Å
Panjara/atom nisbatin/a
Debye harorati85.00 K
18
Argon
Ar
39,948
3s23p6

Argon (Argon), Ar — elementlar davriy sistemasining VIII guruhi elementi, inert gazlar jumlasidan. Tartib raqami 18, atom massasi 39,948, birinchi marta 1894-yilda havodan ajratib olingan. Argon rangsiz va hidsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi 189,4°, qaynash temperaturasi 185,87°. Argon odatdagi temperaturada atomar holda boʻladi, birikish reaksiyalariga kirishmaydi. Atmosferada Argonning uchta barqaror izotopi bor: Ag40 (99,6%), Ag38 (0,063%), Ag36 (0,337%). Argonning bir necha sunʼiy radio-aktiv izotoplari ham olingan: Ag39 (yarim yemirilish davri 265 yil), Ag37 (yarim yemirilish davri 34 kun). U boshqa inert gazlarga qaraganda koʻproq uchraydi. Argon havoda hajm jihatdan 0,993%ni tashkil qiladi. Argonning valentli, yaʼni ionli va kovalent birikmalari olinmagan, ammo Ag .6N2O va shuning kabi bir necha molekulyar birikmasi olingan. Argon kimyo sanoatida inert muhit vujudga keltirishda, elektr lampochkalarini toʻldirishda, reklama naylarini (koʻk-havo rang shu’lalanadi) va yuqori chastotalar texnikasida ishlatiladigan naylarni toʻldirishda qoʻllaniladi[1].

Argon — unsurlar davriy jadvalining 18 unsuri, inert gaz.

  1. ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil