Kontent qismiga oʻtish

Infinix

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Infinix Mobile — Smartfon ishlab chiqaruvchi, Xitoyda joylashgan katta holding Transsion Holdingsga qarashli.

Kelib chiqishi Fransiyada 1924-yilda tuzulgan Sagem, kompaniyasiga taqaladi.

  • 2008 — Sagem shu yildagi muammolar tufayli oʻz nomi ostida telefonlar sotuvini toʻxtatadi va barcha kompaniya investitsiyalarini sotib yuboradi. Soʻngra SOFINOVA brendi ostida oddiy telefon va elektron jihozlar sotadi.
  • 2011 — SAGEM Transsion Holdings tomonidan sotib olinadi.
  • 2013 — Sagem asosida Infinix Mobile nomli kompaniya yaratildi. Dastavval u Afrika bozoriga qaratilgan edi. Oʻsha yili MTN nomli mobil aloqa brendi tomonidan hamkorlik taqdim etiladi.
  • 2016 — Kompaniya oʻz smartfonlarini yetkazib berish hududini yanada kengaytirib, ularni 30 ta davlatga tarqatdi.
  • 2019 — Kompaniya Afrika mamlakatlaridagi eng mashhur brendlar reytingida 26-oʻrinni egalladi.[1]
  • 2020 — Kompaniya Indoneziyadagi koʻrgazmada Lazada tomonidan eng yaxshi sotuvchi mukofotini oldi.
  • 2014 — Infinix Zero x506 — Infinix Mobile-dan birinchi smartfon. U sakkiz yadroli MediaTek MT6592 protsessorida yigʻilgan boʻlib, bortda 2 Gb tezkor xotira, 16 Gb flesh-xotira, 5 dyuymli HD displey va 13 MP kameraga ega edi.[2]
  • 2015 — Beshta model taqdim etiladi. Ulardan uchtasi yangi Hot va NOTE qatorlariga tegishli edi.

Infinixning eng mashhur modellari

Zero Seriyasi ​Infinix Zero X506 (2014) ​Infinix Zero 2 (2015) ​Infinix Zero 3 (2015) ​Infinix Zero 4 / 4 Plus (2016) ​Infinix Zero 5 / 5 Pro (2017) ​Infinix Zero 6 / 6 Pro (2018) ​Infinix Zero 8 / 8i (2020) ​Infinix Zero X / Neo / Pro (2021) ​Infinix Zero Ultra (2022) ​Infinix Zero 20 (2022) ​Infinix Zero 30 / 30 5G (2023) ​Infinix Zero Flip (2024) ​Infinix Zero 40 / 40 5G (2024) ​Note Seriyasi ​Infinix Note 2 (2015) ​Infinix Note 3 (2016) ​Infinix Note 4 (2017) ​Infinix Note 5 (2018) ​Infinix Note 6 (2019) ​Infinix Note 7 / 7 Lite (2020) ​Infinix Note 8 (2020) ​Infinix Note 10 / 10 Pro (2021) ​Infinix Note 11 / 11 Pro / 11i / 11s (2021) ​Infinix Note 12 / 12i / 12 Pro / 12 VIP (2022) ​Infinix Note 30 / 30 Pro / 30 5G / 30 VIP (2023) ​Infinix Note 40 / 40 Pro / 40 Pro+ (2024) ​Hot Seriyasi ​Infinix Hot / Hot 2 (2014-2015) ​Infinix Hot 3 (2016) ​Infinix Hot 4 (2016) ​Infinix Hot 5 (2017) ​Infinix Hot 6 / 6 Pro (2018) ​Infinix Hot 7 (2019) ​Infinix Hot 8 (2019) ​Infinix Hot 9 (2020) ​Infinix Hot 10 / 10i / 10S (2020-2021) ​Infinix Hot 11 / 11S (2021) ​Infinix Hot 12 / 12i / 12 Play (2022) ​Infinix Hot 20 / 20S / 20i (2022) ​Infinix Hot 30 / 30i / 30 Play (2023) ​Infinix Hot 40 / 40i / 40 Pro (2023) ​Infinix Hot 50 seriyasi (2024) ​Infinix Hot 60 seriyasi (2025) ​Boshqa mashhur seriyalar ​Smart seriyasi: Bu seriya 2017-yilda Infinix Smart modeli bilan boshlangan va eng arzon narxdagi smartfonlarni o'z ichiga oladi. ​S seriyasi: 2017-yilda chiqarilgan Infinix S2 bilan boshlangan bo'lib, o'z vaqtida selfi kameralariga e'tibor qaratgan. ​GT seriyasi: Eng so'nggi seriyalardan biri bo'lib, o'yin uchun mo'ljallangan GT 10 Pro (2023) va GT 20 Pro (2024) kabi modellarni o'z ichiga oladi.

  1. ↑ „Afrikadagi eng mashhur smartfon ishlab chiqaruvchilar nomi ma'lum bo'ldi“ (ru). www.ferra.ru. Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
  2. ↑ Okafor, Paschal „Infinix Zero X506 Specs and Price - NaijaTechGuide“ (en-US) (2014-yil 21-iyul). Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.

GSMArena,texnologiya nashrlari (masalan, TechRadar, XDA Developers) kabi maʼlumot bazalari