Kontent qismiga oʻtish

Lidiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lidiya — Kichik Osiyoning gʻarbidagi tarixiy viloyat. Asosan, Germ va Meandr daryolari vodiysida joylashgan. M. orqali Sharqqa muhim savdo yoʻllari oʻtgan. Lidiyaliklar Kichik Osiyoga koʻchib kelgan turli elatlar taʼsiriga uchramay, anʼanaviy turmush tarzlarini saqlab qolishgan. Frigiya davlati parchalangach, lidiyaliklarning roli kuchaygan. Ular kimmeriylarniit hukmronligidan xalos boʻlib, azaldan savdo va madaniy aloqada boʻlib kelgan Kichik Osiyoning gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgan yunon shaharlarini boʻy-sundirganlar. Sardi shahri L.ning poytaxti, hukmron sulola esa — Mermnadlar boʻlgan (podshoxlar Giges, Aliatt, Krez). Bu sulola vakillari oʻz hokimiyatlarini Kichik Osiyoning sharqiga, Galis daryosiga qadar yoyganlar. 547 yil forslar shohi Kir II L. podshosi Krezni magʻlubiyatga uchratgan va L. Axomaniylar davlatinnit satrapiyasiga aylangan. L. zodagonlari savdo munosabatlari juda taraqqiy etganligi va mamlakatda boy oltin konlari mavjudligi tufayli ulkan boylikka ega boʻlishgan. Tarixda lidiyaliklar birinchi boʻlib tanga zarb etishgan — deb hisoblanadi. Miloddan avvalgi 334 y. L. Aleksandr saltanati, Salavkiylar davlati, Pergam va Rim imperiyasi tarkibiga (Osiyo viloyatining bir qismini tashkil etgan) kirgan. Gerodotning yozishicha, lidiyaliklarning bir qismi Etruriyaga koʻchib ketgan.[1]

Lidiya qadimgi mustaqil podsholik sifatida Kichik Osiyoning gʻarbiy qismida joylashgan edi.[2] Numizmatika tarixida Lidiya alohida oʻrin tutadi: eng qadimgi tangalar asosan shu podsholik hududidan topilgan boʻlib, ular tabiiy oltin-kumush qotishmasi — elektrondan yasalgan.[3] Bu tangalar miloddan avvalgi VII asrda zarb etila boshlangan, bir tomonida tasvir, ikkinchi tomonida esa sodda bosma belgilari boʻlgan.[4] Lidiyadan elektron tanga zarbi tez orada Kichik Osiyoning sohilboʻyi yunon shaharlari orqali orollar va Yunoniston materigiga ham tarqalgan.[5]