Muhammad Najib
| Muhammad Najib | |
|---|---|
|
Rasmiy portret (taxminan 1954-yil) | |
| 1-Misr prezidenti | |
|
Mansab davri 1953-yil 18-iyundan – 1954-yil 14-noyabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi |
Oʻzi Jamol Abdul Nosir |
| Oʻtmishdoshi |
lavozim taʼsis etilgan Fuod II (Misr qiroli sifatida) |
| Vorisi | Jamol Abdul Nosir |
| 30-Misr Bosh vaziri | |
|
Mansab davri 1954-yil 8-martdan – 1954-yil 18-aprelgacha | |
| Prezident | Oʻzi |
| Oʻtmishdoshi | Jamol Abdul Nosir |
| Vorisi | Jamol Abdul Nosir |
|
Mansab davri 1952-yil 7-sentyabrdan – 1954-yil 25-fevralgacha | |
| Prezident | Oʻzi (1953-yil 18-iyundan) |
| Monarx | Fuod II (1953-yil 18-iyungacha) |
| Oʻtmishdoshi | Ali Mohir |
| Vorisi | Jamol Abdul Nosir |
| Urush va dengiz floti vaziri | |
|
Mansab davri 1952-yil 7-sentyabrdan – 1953-yil 18-iyungacha | |
| Hukumat boshligʻi | Oʻzi |
| Oʻtmishdoshi | Ali Mohir |
| Vorisi | Abdul Latif Bagʻdodiy |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
Muhammad Bey Najib Yusuf Qutb al-Qashlon 19-fevral 1901-yil Xartum, Anglo-Misr Sudani |
| Vafoti |
28-avgust 1984-yil (83 yoshda) Qohira, Misr |
| Oʻlim sababi | Jigar sirrozi |
| Fuqaroligi | Misr |
| Siyosiy partiyasi | Harbiy / Ozodlik mitingi |
| Turmush oʻrtogʻi |
Zaynab Ahmad Oysha Najib (1934–1971, vafot etgan) |
| Bolalari | 4 |
| Mukofotlari |
Respublika ordeni |
| Imzosi |
|
| Mansubligi |
|
| Qoʻshin turi |
|
| Xizmat yillari | 1918–19541918–1954[1] |
| Unvoni |
Janobi oliylari General-mayor |
General-mayor Muhammad Bey Najib Yusuf Qutb al-Qashlon (arabcha: محمد بيه نجيب يوسف قطب القشلان; 1901-yil 19-fevral — 1984-yil 28-avgust), qisqa qilib aytganda Muhammad Najib (arabcha: محمد نجيب) — misrlik harbiy va inqilobchi. Jamol Abdul Nosir bilan birga 1952-yildagi Ozod zobitlar harakatining ikki asosiy yetakchilaridan biri. Bu harakat Misr va Sudan monarxiyasini agʻdarib, Misr Respublikasi tashkil topishiga olib keladi[2][3][4].
Najib hurmatli va unvonli general hisoblanadi. 1948-yilgi arab-isroil urushida yaralangan. Keyinchalik Ozod zobitlar harakatiga yetakchilik qiladi. Bu harakat Misr va Sudanda Britaniya qoʻshinlarining qolishiga, shuningdek Foruq I hukumatining buzgʻunchiligi va layoqatsizligiga qarshi chiqqan millatchi ofitserlardan iborat boʻlgan. 1952-yil iyulida Foruq agʻdarilgach, Najib Inqilobiy qoʻmondonlik kengashiga rahbarlik qiladi, hamda Misr Bosh vaziri boʻladi, soʻngra Misrning birinchi prezidenti etib saylandi. U Sudan mustaqilligiga erishadi (Sudan shu paytgacha Misr va Buyuk Britaniya kondominiumi edi) va barcha Britaniya harbiylarining Misrdan chiqib ketishini taʼminlaydi. Uning prezidentlik davri 1954-yil noyabrida tugaydi. Buning sababi Ozod zobitlarning boshqa aʼzolari, ayniqsa Nosir bilan kelishmovchilik boʻladi. Nosir uni isteʼfoga chiqishga majbur qilib, prezidentlik lavozimini oʻzi egallab oladi[2][5].
Yoshligi va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Najib 1901-yil 19-fevralda Anglo-Misr Sudanining Xartum shahrida tugʻilgan. Otasi Yusuf Najib, onasi Zuhra Ahmad Usmon edi[6]. Zuhra misrlik harbiylar oilasidan chiqqan va Omdurmanda yashagan. Uning otasi bilan akasi shu yerda Misr ofitserlari sifatida xizmat qilgan[7]. Otasi Yusuf esa Misr qurolli kuchlarining yuqori martabali zobiti boʻlgan. U ham Misrning mashhur harbiylar oilasidan chiqqan edi[8]. Najib toʻqqiz farzandning eng kattasi boʻlgan.
Najib Xartumdagi Gordon xotira kollejida oʻrta va harbiy taʼlim olib, 1918-yilda bitirgan. 1923-yilda Misr qirollik gvardiyasiga qabul qilingan. 1927-yilda huquqshunoslik litsenziyasini olgan birinchi misrlik harbiy ofitser boʻladi. 1929-yilda siyosiy iqtisod boʻyicha, 1931-yilda esa fuqarolik huquqi boʻyicha ikkinchi diplomini oladi[9].
Harbiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]
1931-yil dekabrida Najib kapitan unvonini oladi. 1934-yilda Arişdagi chegara patruliga oʻtadi. U 1936-yilgi Angliya-Misr shartnomasi shartlarini bajargan harbiy qoʻmita aʼzosi edi. 1937-yilda Xartumda Misr qurolli kuchlari uchun gazeta tashkil qiladi. 1938-yil 6-may oyida esa mayor unvoniga koʻtaraldi[10].
Najib 1942-yilgi Obdin saroyi voqeasidan soʻng norozilik belgisi sifatida isteʼfo arizasini topshiradi. U oʻz tarjimai holida shunday yozgan: britaniyaliklar saroyni qamal qilganda uni toʻsa olmagani uchun qirolga bergan qasamini buzgan, shu sababli isteʼfo bergan. Shunga qaramay, Obdin saroyi amaldorlari uning harakatlari uchun minnatdorchilik bildirib, isteʼfosini qabul qilmaganlar[11].
Najib harbiy hizmat zinapoyasidan koʻtarilib boradi. 1944-yilda podpolkovnik unvonini olgandan soʻng, Sinay yarimorolining hududiy hokimi etib tayinlanadi. 1947-yilda Sinayning mexanizatsiyalashgan piyoda qoʻshinlariga rahbarlik qiladi, 1948-yilda boʻlsa brigada generali unvonini oladi[10].
Najib 1948-yilgi arab-isroil urushida mohirlik bilan jang qiladi va yetti marta yaralanadi. Xizmatlari uchun Fuodning birinchi harbiy yulduzi bilan taqdirlanadi va Bey unvonini oladi. Keyinchalik Misr harbiy akademiyasi boshligʻi etib tayinlanadi[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ذاكرة مصر المعاصرة – السيرة الذاتية“. Modern Egypt. Qaraldi: 2012-yil 22-dekabr.
- 1 2 Chin, John J.; Wright, Joseph; Carter, David B.. Historical Dictionary of Modern Coups D'état (en). Rowman & Littlefield, 2022 — 790-bet. ISBN 978-1-5381-2068-2.
- ↑ Fowler, Glenn. „Mohammed Naguib, First President of Egypt, Dies“ (en-US). The New York Times (1984-yil 29-avgust). 2014-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
- ↑ „Mohamed Naguib ( 1901–1984 )“ (2015-yil 17-dekabr). 2025-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 21-oktyabr.
- ↑ الأوراق السرية لمحمد نجيب صـــ5
- ↑ "Muhammad Naguib". Encyclopedia Britannica. 24 August 2024. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/401705/Muhammad-Naguib.
- ↑ منصور, كتب أحمد „هل كان محمد نجيب أول رئيس لمصر سودانيا؟ ومتى ولد؟.. أمور محيرة فى حياته“ (ar). اليوم السابع (2020-yil 19-fevral). Qaraldi: 2026-yil 21-may.
- ↑ "Life and Career of General Mohamed Naguib". Proche-Orient: Near East Monthly Review 1–2 (3): 3. 1952.
- ↑ كنت رئيسا لمصر صــ195 و270
- 1 2 3 الأوراق السرية لمحمد نجيب صـــ11
- ↑ كنت رئيسا لمصر صـــ61
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Muhammad Najib“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
