Kontent qismiga oʻtish

OpenStreetMap

Vikipediya, erkin ensiklopediya
OpenStreetMap
Joriy holati faol
Sayt turi veb xarita
Qaysi tillarda ingliz tili
Muassisi OpenStreetMap Foundation
URL www.openstreetmap.org

OpenStreetMap (qisqacha OSM) — bepul dasturiy taʼminot shartlari asosida yaratilgan, ochiq va erkin foydalanish mumkin bo‘lgan butunjahon xaritalash loyihasidir. Loyiha GPS-qabul qiluvchilardan hamda boshqa ochiq manbalardan olingan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan.

OpenStreetMap butun dunyo bo‘ylab ko‘ngillilar tomonidan yaratilgan bepul xarita loyihasi bo‘lib, unda foydalanuvchilar oʻz kontentlarini qo‘shish imkoniyatiga ega. Tuzilishi jihatidan loyiha Vikipediyaga o‘xshaydi va aynan Vikipediyadan ilhomlangan. Xaritalar GPS-treklar, sunʼiy yo‘ldosh fotosuratlari hamda mahalliy hukumat organlari tomonidan taqdim etilgan turli maʼlumotlar asosida yaratiladi.

OpenStreetMapdagi barcha kontent Open Database License litsenziyasi bilan himoyalangan[1].

Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan ko‘ngillilar ishtirokida rivojlanib borayotgan OpenStreetMap bugungi kunda ko‘plab shaharlarning bepul va ochiq xaritalarini o‘z ichiga oladi.

2020-yil 24-fevral holatiga ko‘ra, OSM foydalanuvchilari soni 6 137 451 nafarni tashkil etgan[2].

  1. ↑ „OpenStreetMap data license is ODbL v1.0“. OSM Foundation (12-iyul 2012). 19-oktabr 2013da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2012.
  2. ↑ „Number of users“. 24-yanvar 2011da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2015.